So'nggi yangiliklar

Ro‘yxatga olish doirasida har bir shaxs va mamlakatning har bir uy xo‘jaligi to‘g‘risidagi ma’lumot to‘planadi. Aholini ro‘yxatga olish shaxslarning shaxsiy hayotlari bilan qiziqmaydi. Aholini ro‘yxatga olishning maqsadi jamiyat va aholi guruhlari haqida statistik ma’lumotlarni ishlab chiqishdan iborat. 

2022-yilda O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish umummilliy tadbiri o‘tkaziladi. Avvaliga Prezidentning tegishli farmoni (PF-5308-son) bilan tasdiqlangan davlat Dasturi ijrosi doirasida Davlat statistika qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda aholini ro‘yxatga olish konsepsiyasi ishlab chiqildi.

2023-yil yanvar-oktabr oylarida 119,7 ming tonna meva va sabzavotlar eksporti amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatgich 2022-yilning mos davriga nisbatan 21,6 ming tonnaga ko‘paydi.

2022-yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida meʼmorchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar hajmi 21,9 mlrd. so‘mga oshib, 163,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Andijon viloyatida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida bajarilgan qurilish ishlari hajmi 227,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylari yakunlariga ko‘ra, elektr uskunalari ishlab chiqarishning, jami ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 0,6 % ni, fizik hajm indeksi 50,5 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 327,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023-yil 1-dekabr holatiga koʻra, faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 2019-yilning mos davriga nisbatan 94,7 foizni tashkil etdi. 

2023-yilning yanvar-oktabr oyida, viloyatning barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylarida MDH mamlakatlariga 876,8 mln. AQSh dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinib, jami eksportdagi ulushi 90,5 % ini tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyatida savdo, yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida 2 872,3 mlrd.so‘m miqdorda qo‘shilgan qiymat yaratilgan.

Andijon viloyatida 2023-yil yanvar-oktabr oylarida maishiy texnika, uy va bog‘ jihozlarini ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar jami kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash xizmatlarining 20,9 foizini tashkil etadi.

Andijon viloyatida ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari faoliyat turi bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlarining eng yuqori ulushi Oltinko‘l tumanida (hududda bajarilgan qurilish ishlarining 14,2 %), Xonobod shahrida (13,6 %) va Bo‘ston tumanida (11,2 %) kuzatildi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylari yakunlariga ko‘ra, kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 1,2 % ni, fizik hajm indeksi 155,9 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 685,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 19 150,7 tonna sovun ishlab chiqarilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 6 304 tonna gulqogʻozlar ishlab chiqarilgan.

2023-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasida jami 132,4 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

Andijon viloyatida 2023-yilning yanvar-oktabr oyida viloyatning barcha hududlarida joylashgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra, savdo aylanmasi hajmi 1 111,6 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-sentabr oylarida, kichik tadbirkorlik subyektlarining kompyuterlar va maishiy tovarlarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlari hajmi 4 669,1 mlrd. soʻmni tashkil etgan.