07/05/2024

     Joriy yilning 7-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida 2024-yil 1-chorak yakunlari boʻyicha agentlikning kengaytirilgan Hay’at yigʻilishi oʻtkazildi. Unda Statistika agentligi rahbariyati, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti vakillari, Markaziy apparat boshqarmalari boshliqlari hamda masofaviy videoaloqa orqali hududiy statistika boshqarmalari xodimlari qatnashdi.

1_-07_05_2024_7j1a6226

2_-07_05_2024_7j1a6259

     Kun tartibiga binoan, Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich Hay’at yigʻilishini ochib berib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining hujjatlari hamda topshiriqlarida Statistika agentligi oldiga qoʻyilgan vazifalar va tizimda 2024-yil birinchi chorakda amalga oshirilgan ishlar samaradorligi borasida toʻxtalib oʻtdi.

3_-07_05_2024_7j1a6309

4_-07_05_2024_7j1a6310

     Yigʻilishda kun tartibiga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida statistika idoralariga yuklatilgan vazifalarning ijrosi  boʻyicha ma’lumot berildi.

5_-07_05_2024_7j1a6254

6_-07_05_2024_7j1a6234

     Shuningdek, tuman va shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatiga oid shakllantirilgan statistik koʻrsatkichlar masalasi muhokama qilindi. Statistika agentligi direktori xodimlarga hududning ijtimoy-iqtisodiy koʻrsatkichlarini shakllantirish va tahlil qilish jarayonida e’tibor berilishi lozim boʻlgan jihatlar boʻyicha alohida topshiriqlar berdi. Tuman va shaharlarning makroiqtisodiy koʻrsatkichlarini ifodalovchi jadvallarni oʻz muddatida yangilab borilishi ta’kidlandi.

7_-07_05_2024_7j1a6273

     Kengaytirilgan Hay’at yigʻilishi yakunida ijro intizomi va tashkiliy masalalar koʻrib chiqildi. Shuningdek, vazifalarni oʻz vaqtida bajarmagan xodimlarga tegishli choralar koʻrish, ish faoliyatini namunali yoʻlga qoʻygan ishchi-xodimlarni ragʻbatlantirish boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilindi.