Andijon viloyatida qurilish sanoati iqtisodiyotning ustuvor tarmog‘i sifatida belgilangan. Qurilish sanoatining yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilgan tahlil shuni ko‘rsatdiki:
- binolar va inshootlar qurish yo‘nalishi 55,1 foiz ulushni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 58,1 foizni tashkil etdi;
- fuqarolik obyektlarini qurish yo‘nalishi 14,3 foiz ulushni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 99,7 foizni tashkil etdi;
- ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishi 30,6 foiz ulushni va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 64,7 foizni tashkil etdi.