05/01/2024

Joriy yilning 4-yanvar kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari D. Yangiyev hamda Turmush darajasa statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi boshlig‘i I. Xaydarov bilan birgalikda Andijon shahri Dehqonobod MFYda bo‘lib, mahalla faollari bilan 2024-yilda o‘tkaziladigan uy xo‘jaliklari kuzatuvlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha fikrlar almashdilar.

D. Yangiyev uy xo‘jaligi kuzatuvi qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligi va ushbu maʼlumotlar asosida viloyatimiz aholisining turmush darajasiga oid ko‘rsatkichlar shakllantirilishi to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tdi.