Joriy yilning 27-dekabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasida boshqarma boshlig‘i N.To‘xtaboyev boshchiligida xizmatlar kuzatuvlarini oʻtkazish boʻyicha shahar va tuman statistika bo'limlari boshliqlari hamda mas'ul xodimlarning kuzatuv bo'yicha bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida, ZOOM platformasi orqali seminar oʻtkazildi.
Seminarda 2023-yilning IV chorak yakunlari boʻyicha 4-xizmat (JSh) bozor xizmatlarini koʻrsatuvchi hamda 4-tr (YaT) shaxsiy avtotransport egalarining tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar (YaTT) va oʻzini-oʻzi band qilgan jismoniy shaxslarning faoliyati bo'yicha o'tkazilgan kuzatuv natijalarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.