2023-yil 1-dekabr holatiga koʻra, faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 2019-yilning mos davriga nisbatan 94,7 foizni tashkil etdi. Ularning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi (umumiy sonidagi ulushi) quyidagicha bo‘ldi: savdo – 31,0 foiz, sanoat – 18,6 foiz, qurilish – 7,1 foiz, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 6,0 foiz, hududiy kesimda eng ko‘p Andijon shahrida – 26,1 foiz, Asaka – 8,6 foiz, Andijon – 7,9 foiz, Shahrixon – 7,3 foiz va Baliqchi – 5,5 foiz tumanlarida faoliyat ko‘rsatmoqda.