20/12/2023

2023-yilning yanvar-oktabr oyida, viloyatning barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra savdo aylanmasi hajmi 1 474,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bunda har xil yoshdagi qoramollar savdosi 1 249,7 mlrd. so‘m, qo‘y va echkilar – 202,5 mlrd. so‘mni, otlar – 11,7 mlrd. so‘mni, parrandalar – 10,1 mlrd. so‘mni tashkil qildi.