18/12/2023

Viloyat bo‘yicha 2023-yilning yanvar-oktabr oyida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 2 585,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022-yilning yanvar-oktabr oyiga nisbatan 106,6 % ni tashkil etdi. Shu jumladan, 12 bozor va 12 bozor (chorva) (oylik) kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, dehqon bozorlarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning uy xo‘jaliklarida yetishtirgan mahsulotlarini sotish hajmi 1 111,6 mlrd. so‘mni (128,1 %), chorva mollari va parrandalar sotuvchi jismoniy shaxslarning savdo aylanmasi hajmi 1474,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi (106,1 %).

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech