Andijon viloyati statistika boshqarmasida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat makazi Andijon viloyat bo'limi bilan hamkorlikda 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi va 10-dekabr Davlat madhiyasi kuniga bag‘ishlab joriy yilning 7-dekabr sanasida "Konstitutsiya baxtimiz qomusi" hamda “Olamni mahliyo aylagan diyor” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirni viloyat statistika boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari M. Yusupov ochib, tadbir qatnashchilarini qutlug‘ sana munosabati bilan samimiy muborakbod etdi. M.Yusupov o‘z so‘zida bosh qomusimiz bugungi baxtli hayot va nurli kelajagimiz timsoli ekanligini ta'kidladi.
Tadbirda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat makazi Andijon viloyat bo'limi rahbari o‘rinbosari N. Maraximova ishtirok etdi va tadbir mavzusi yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bayon etdi.