Joriy yilning 6-dekabr kuni Аndijon viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasida Axolini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Seminarda viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari D. Yangiyev va Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i B. G‘ulomjonovlar Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qaroriga muvofiq Аndijon viloyatida aholini ro‘yxatga olishga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’ruza qildilar.
Ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlikdagi eng muhim masala, aholi o‘rtasida ro‘yxatga olishda faol ishtirok etish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish, aholini ro‘yxatga olish jarayonlarini xalqaro talablarga mos va sifatli o‘tkazish ta’kidlab o‘tildi.