24/11/2023

Joriy yilning 24-noyabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasida “Muhandislik himoya inshootlarining qurilishini o‘rganish. Asosiy va yordamchi binolar, ulardagi yashash ta’minoti tizimi” mavzusi bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. O‘quv mashg‘ulotda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari M. Yusupov, D. Yangiyev hamda boshqarma xodimlari ishtirok etdilar.

Kun tartibidagi masala yuzasidan, boshqarmaning Texnika xavfsizligi va fuqaro muhofazasi
2-toifali muhandisi B. Asrankulov so‘zga chiqib, o‘quv mashg‘ulot mavzusi bo‘yicha tushuntirishlar berib o‘tdi.

 

 

Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbiri boshlanishiga:

00
Kun
00
Soat
00
Daqiqa
00
Soniya