10/11/2023

2023-yil 10-noyabr kuni boshqarmada navbatdagi “Usmon Nosirning hayoti va ijodi” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari M. Yusupov va D. Yangiyevlar, ma’naviy va ma’rifiy ishlar mas’ul xodimi J.Tuxtabayeva hamda boshqarma xodimlari ishtirok etdilar.

 

Ma’naviy va ma’rifiy ishlar mas’ul xodimi J.Tuxtabayeva Usmon Nosirning hayoti va ijodi haqida so‘z olib, Usmon Nosir-o‘zbek shoiri, tarjimon, dramaturg. 30-yillarning boshlaridayoq u o‘z dunyoqarashi orqali o‘zbek she’riyatiga yangicha oqim olib kirib, unga o‘z hissasini qo‘shgan shoir sifatida tanilganligini, yosh bo‘lishiga qaramay dramaturgik asarlari bilan keng jamoatni hayratda qoldirganlini, 25 yoshga toʻlmagan buyuk isteʼdodning ayni ijodiy kamolotga koʻtarilgan bir davrida uni mustabid tuzumning qatagʻon siyosati ayamaganligini, 1944-yilning oxirlariga kelib hay’at guruhi tuzilib, Usmon Nosirni aybsiz deb bilib, uni oqlashadi, shoir bu vaqtga kelib olamdan ko‘z yumganligini aytib o‘tdi.

 

Tadbir so‘ngida yig‘ilish ishtirokchilari o‘rtasida Usmon Nosirning hayoti va ijodi yazasidan baxs va munozaralar bo’lim o‘tdi.       

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech