03/11/2023

2023-yil 3-noyabr kuni boshqarmada navbatdagi Korrupsiyasiz taraqqiyot sari” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda boshqarma boshlig‘i N.G‘. To‘xtaboyev, boshqarma bolig‘ining o‘rinbosarlari M. Yusupov va D. Yangiyevlar, ma’naviy va ma’rifiy ishlar mas’ul xodimi J.Tuxtabayeva hamda boshqarma xodimlari ishtirok etdilar.

Ma’naviy va ma’rifiy ishlar mas’ul xodimi J.Tuxtabayeva “Korruptsiyasiz taraqiyot sari”  mavzusi bo‘yicha so‘z olib, Jamiyat rivojiga, mamlakat taraqqiyotiga jiddiy to‘siq bo‘lib, sohalar yuksalishiga bevosita tahdid tug‘diradigan asosiy illat – korruptsiyadir. Shu sababli yurtimizda korruptsiyaga qarshi kurash choralarini kuchaytirish, uni ildizi bilan yo‘q qilish, bu boradagi huquqiy asoslarni yanada mustahkamlashga jiddiy e‘tibor qaratilmoq ekanligini, xulosa qilib aytilganda, kelajakni korruptsiyasiz birgalikda qurishimiz, buning uchun avvalo o‘zimizni o‘zimiz tarbiya qilishimiz, korruptsiyaning har qanday ko‘rinishini bartaraf qilish uchun birgalikda kurashishimiz zarur ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech