03/11/2023

Joriy yilning 3-noyabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari M. Yusupov hamda “Investitsiya va qurilish statistikasi” boʻlimi boshlig‘i X. Xoldarovlar tomonidan hududlarda 4 TJ soʻrovnoma oʻtkazish boʻyicha tuman (shahar) statistika boʻlimidan jalb qilingan intervyuyerlar ishtirokida masofaviy videoaloqa orqali seminar tashkil etildi.

 

Muloqat davomida boshqarma boshligʻining birinchi oʻrinbosari M. Yusupov hamda Investitsiya va qurilish statistikasi boʻlimi boshligʻi X. Xoldarov soʻz yuritib, foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylar va hovlidagi xoʻjalik qurilishlari tanlama statistika kuzatuvlarining asosiy maqsadi, kuzatuv instrumentariysi, tanlab olish tartibi va bosqichlari, soʻrovnomani toʻldirish va intervyuyerning majburiyatlari haqida axborot berib oʻtishdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech