02/11/2023

Joriy yilning 1-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-sentabrdagi “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 492-son qarori ijrosini taʻminlash maqsadida tadbir tashkil etildi

Statistika agentligining Inson resurslarini boshqarish boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslarini boshqarishga oid maʻlumotlar va hujjatlarni “hrm.argos.uz” elektron platformasida shakllantirish va yuritish tartibi haqida maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, “hrm.argos.uz” elektron platformasini respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida joriy etish boʻyicha “yoʻl xaritasi”da belgilangan masalalar yuzasidan fikr-mulohaza bildirildi.

Statistika organlarining markaziy apparati, hududiy va tuman (shahar) boʻlinmalarini mazkur “hrm.argos.uz” elektron platformaga ulash boʻyicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech