31/10/2023

Joriy yilning 23-27-oktabr kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida Xalqaro valyuta jamg‘armasining Kavkaz, Markaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston davlatlari uchun salohiyatni rivojlantirish mintaqaviy markazi tomonidan “Resurslar va ishlatilish jadvallari” mavzusida mintaqaviy seminar tashkil etildi.

 

Ushbu seminarda Armaniston, Gruziya, Mo‘g‘uliston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston, O‘zbekiston va Qirgʻiz Respublikasidan statistika idoralari vakillari ishtirok etishdi.

 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi Yashirin iqtisodiyotni statistik baholashni muvofiqlashtirish bo‘limi yetakchi mutaxassisi Bakirov Bunyodbek Baxromjon o‘g‘li ham qatnashdi.

 

Seminarning asosiy maqsadi resurslar va ishlatilish jadvallari ko‘rsatkichlarini shakllantirish boʻyicha mamlakatlarning o‘ziga xos tajribalarini o‘rganish hamda  ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

 

Tadbir davomida ishtirokchilar resurslar va ishlatilish jadvallari hamda xarajatlar va ishlab chiqarish jadvallarini shakllantirishda zarur bo‘ladigan ma‘lumot manbalarini takomillashtirish usullari borasida o‘zaro fikr-mulohaza almashishdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech