04/10/2023

Joriy yilning 18-29-sentabr kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlarining Vashington shahrida Xalqaro valyuta jamg‘armasining Statistika boshqarmasi tomonidan “Milliy hisoblar statistikasi” mavzusida chuqurlashtirilgan darajadagi o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu o‘quv kursida Afrika, Janubiy Amerika, Karib hududi mamlakatlari, Okeaniya  va Osiyo davlatlarining milliy hisoblar statistikasini shakllantirishda mas’ul bo‘lgan xodimlari ishtirok etishdi.

O‘quv kursida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi Yashirin iqtisodiyotni statistik baholashni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Ziyoda Kamilova ham ishtirok etdi.

Kursning asosiy maqsadi milliy hisoblar statistikasi ko‘rsatkichlarini shakllantirishning yanada takomillashgan usullaridan foydalanish boʻyicha ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

Kurs davomida ishtirokchilar institutsional birliklar va sektorlarni aniqlash, narx va hajm ko‘rsatkichlari, resurslar va ishlatilish jadvallarini shakllantirish, asosiy kapital iste’moli hamda zaxiralardagi o‘zgarishlarni baholash borasida o‘zaro tajriba almashishdi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech