04/10/2023

Joriy yilning 28–29-sentabr kunlari jurnalist va blogerlar uchun data-jurnalistika va ochiq ma’lumotlar bilan ishlash bo‘yicha ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan amaliy trening bo‘lib o‘tdi.

Trening tashkilotchilari: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori va Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro markazi.

Tadbirda, 23 nafar jurnalist va blogerlar ishtirok etdi hamda ularga Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro markazining tajribali trenerlari ochiq maʼlumotlar bazasidan foydalanish, ularni saralashda faktchecking usullarini samarali qo‘llay bilish yo‘llarini misollar yordamida namoyish etdilar.

 Trening asosiy maqsadi, jurnalist va bloggerlarning ochiq maʼlumotlar bazasidan samarali foydalanish boʻyicha malakalarini oshirish hamda qiziqarli va sifatli materiallar tayyorlash boʻyicha amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish.

Ushbu treningda quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

- Data-jurnalistikasiga kirish va data jurnalistikaning afzalliklari va kamchiliklari;

- O‘zbekistonda ochiq ma’lumotlar bilan ishlash bo‘yicha tavsiyalar;

- Google jadvallar bilan ishlash va ma’lumotlarni filtrlash va tizimlashtirish darajasi tahlili;

- Multimedia vositalari yordamida materialni boyitish bosqichlari.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilar bu kabi amaliy treninglarning sonini ko‘paytirish zarurligini aytib o‘tishdi. Shuningdek, ochiq ma’lumotlarni taqdim etuvchi resurslarni takomillashtirishda va kamchiliklarini aniqlashda OAVning roli naqadar muhimligini ta’kidlashdi. 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech