28/09/2023

2023-yil yanvar-sentabr oylari yakuni bo‘yicha quydagi davlat statistika hisobotlarini xato va kamchiliklarsiz belgilangan muddatdan kechiktirmay stat.hisobot.uz sayti orqali eStat-4.0 dasturidan foydalangan holda elektron shaklda taqdim etishingizni so‘raymiz:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2022-yil 16-noyabrdagi 23-mb son qaroriga 34-ilovasi bilan tasdiqlangan “Fermer xo‘jaligi faoliayti to‘g‘risida”gi “4-fx shakli” choraklik hisobotini 5-oktabr sanasidan kechiktirmay.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2022-yil 16-noyabrdagi 23-mb son qaroriga 35-ilovasi bilan tasdiqlangan “Dehqon va tomorqa xo‘jaliklari faoliayti to‘g‘risida”gi “4-dx shakli” choraklik hisobotini 5-oktabr sanasidan kechiktirmay.
  3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2022-yil 16-noyabrdagi 23-mb son qaroriga 98-son ilovasi bilan tasdiqlangan “Tashkilot va faoliyati to‘g‘risida”gi “12-korxona shakli” oylik hisobotini 5-oktabr sanasidan kechiktirmay.
  4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2022-yil 16-noyabrdagi 23-mb son qaroriga 44-ilovasi bilan tasdiqlangan “Mehnat hisoboti to‘g‘risida”gi” “4-mehnat shakli” choraklik hisobotini 6-oktabr sanasidan kechiktirmay.
  5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2022-yil 16-noyabrdagi 23-mb son qaroriga 10-ilovasi bilan tasdiqlangan “Investitsiya faoliyati, bino va inshootlarni foydalanishga topshirish to‘g‘risida”gi “4-invest (asosiy) shakli” choraklik hisobotini 6-oktabr sanasidan kechiktirmay.
  6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2022-yil 16-noyabrdagi 23-mb son qaroriga 94-ilovasi bilan tasdiqlangan “Tashkilotning moliyaviy ahvoli to‘g‘risida”gi” “12-moliya shakli” oylik hisobotini 18-oktabr sanasidan kechiktirmay.

Shuningdek, mansabdor shaxslarning davlat statistika kuzatuvini olib borish uchun zarur bo‘lgan hisobot va boshqa ma‘lumotlarni taqdim etmaslikda ifodalangan davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzishi, hisobot ma‘lumotlarini buzib ko‘rsatishi yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzishi O‘zbekiston Respublikasi Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 215-moddasida belgilangan javobgarlikka sabab bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantiramiz.

 

Murojaat uchun telefon raqamlari: (74) 228-29-77, 228-29-37, 228-30-48

Andijon viloyati statistika boshqarmasi

Tugmani bosing Tinglash GSpeech