28/09/2023

Joriy yilning 28-sentabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasining “Xizmatlar sohasi statistikasi” bo‘limi xodimlari tomonidan 2023-yilning 3-choragida o‘tkazilgan 4-xizmat (JSH) va 4-TR (YaTT) kuzatuvlari yakunlariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Seminarda  3-chorak kuzatuv yakunlari yuzasidan hududiy statistika bo‘limlarining mas’ul xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklari tanqidiy muhokama qilindi. Jumladan 2023-yil 4-chorakda o‘tkaziladigan kuzatuvlarni sifatli tashkil etish va barcha xizmat turlarini qamrab olishda ma’lumotlarni haqqoniy, shaffof holatda shakllantirish va joyida planshet qurilmasiga kiritish kerakligi keng va atroflicha tushuntirildi.