28/09/2023

Joriy yilning 28–29-sentabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi tomonidan poytaxtimizda “Xon atlas – 2023” festivali oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

 

Shu kuni yurtimizdagi turli tashkilot, idora va oʻquv maskanlarida xotin-qizlar qadriyatlarimizni eʼzozlagan holda xon atlas kabi milliy liboslarimizni kiyib, festival maqsadlarini qoʻllab-quvvatlashadi.

 

 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Xotin-qizlar masalalari bo’yicha boshlang’ich tashkiloti tomonidan tashkillashtirilgan “Xon atlas –2023” festivalida agentlikda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ham faol qatnashdi.

 

Ta’kidlash lozimki, bu kabi festivallarning oʻtkazilishi milliy qadriyatlarimizning yosh avlodga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech