27/09/2023

Joriy yilning 27-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan seminar tashkil etildi.

Tadbirga Oʻzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi universiteti dotsenti, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori Sattorov Asrorjon Akramjonovich taklif etildi.

Seminarda dastlab, Statistika agentligi direktori oʻrinbosari Ziyayev Zoxidjan Muratovich soʻz yuritib, yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdi.

Tadbirga taklif etilgan mehmon Asrorjon Sattorov yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, unga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar, bu oʻzgarishlarning aholiga qanday huquq va imkoniyatlar berishi haqida batafsil toʻxtalib oʻtdi.

Shuningdek, tadbirda yangi Konstitutsiyaning asosiy tamoyillari, inson va fuqarolarning asosiy huquq, erkinlik va burchlari, jamiyat va shaxs masalalari, davlat hokimiyatining tashkil etilishi hamda saylov tizimidagi o‘zgarishlar boʻyicha keng tushunchalar berib oʻtildi.

Tadbir yakunida seminar ishtirokchilarini mavzu yuzasidan qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berildi.