Andijon viloyatida 2022-yil yakuni bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan Maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 765 tani (nodavlat MTT ni qo‘shgan holda) tashkil etdi. Ulardan Andijon shahrida joylashgan MTT lar soni 89 ta, Shahirixon tumanida 74 ta hamda Asaka tumanida 68 tadan iborat bo‘lib, ushbu tumanlar viloyatdagi eng yuqori ko‘rsatkichni, hamda Xonobod shahridagi Maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 10 ta, Ulug‘nor tumanida 21 tadan iborat bo‘lib ular viloyat bo‘yicha eng past ko‘rsatkichni qaytd etdilar.