13/09/2023

Statistika hisobotlarini taqdim etish intizomini yanada mustahkamlash maqsadida, joriy yilning 12-sentabr kuni viloyat statistika boshqarmasi viloyat maktabgacha taʼlim va maktab taʼlimi boshqarmasi bilan hamkorlikda o'quv-seminari o'tkazildi. Ushbu seminarda har ikki boshqarmaning masʼul xodimlari hamda viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan umumtaʼlim muassasalarining o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari ishtirok etdilar.

 

O'quv seminarda viloyatda faoliyat ko'rsatayotgan O'zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta'lim vazirligi, boshqa idoralarning umumtaʼlim muassasalari, mulkchilik va tashkiliy huquqiy shakllaridan qatʼi nazar litsenziya asosida nodavlat taʼlim xizmatlarni ko'rsatuvchi yuridik shaxslar tomonidan yangi 2023/2024-o'quv yili boshiga umumtaʼlim muassasasining “1-umumta’lim shakli” yillik davlat statistika hisobotini mazmun mohiyati, elektron raqamli imzo (ERI) kalitidan foydalangan holda internet tarmog'i orqali taqdim etish tartibi, muddati to'g'risida statistika hisobotini tuzish uchun mas’ul mansabdor shaxslar tomonidan tegishli ma’lumotlar berildi.

 

Seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan “1-umumtalim shakli” yillik statistika hisoboti yuzasidan o‘zlarining qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislari tomonidan javoblar berildi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech