Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2022- yilning 1- yanvar holatiga respublikamizda jismoniy shaxslarga tegishli jami yengil avtomobillar soni 3 051 734 tani tashkil etmoqda.
✅ O‘zbekiston Respublikasida har 1000 nafar doimiy aholiga o‘rtacha 87 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda.
✅ Bu ko‘rsatkich 2021 yilning mos davriga nisbatan 6 taga oshgan.
✅ 2022 yilning 1 yanvar holatiga MDH davlatlarida har 1000 nafar doimiy aholiga o‘rtacha to‘g‘ri keladigan yengil avtomobillar soni:
— Rossiya – 328 ta
— Belarus R. – 324 ta
— Qozog‘iston – 189 ta
— Qirg‘iz R. – 161 ta
— Ozarbayjon – 128 ta
— O‘zbekiston – 87 ta
— Tojikiston – 46 ta