2022- yil 18- noyabr kuni boshqarmada navbatdagi “Bayrog‘imiz, g‘ururimiz, orimiz va faxrimiz timsolidir” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi.Tadbirni boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari M. Yusupov ochib, O‘zbekiston Respublikasi suverenitetining ramzlaridan biri – mustaqil Davlatimizning “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinganligiga bu yil 31 yil to‘lganligi bilan boshqarmaning barcha xodimlarini tabriklab, yer yuzining shu sarhadlarida mustaqil O‘zbekiston davlati borligini anglatishini, o‘zida milliy-madaniy an’analarimizni mujassamlashtirishini, Davlat ramzlari har bir mamlakatning mustaqilligini ifodalovchi muqaddas belgisi, xalqimizning shon- sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, tinch va osoyishta, ozod va erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz ifodasi ekanligini aytib o‘tdi. So‘ng Ma’naviy va ma’rifiy ishlar mas’ul xodimi J.Tuxtabayeva “Bayrog‘imiz, g‘ururimiz, orimiz va faxrimiz timsolidir” mavzusi bo‘yicha so‘z olib, davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulug‘ sanalishini, dunyo mamlakatlaridagi elchixonalarimiz binolari, qator xalqaro tashkilotlar qarorgohlarida ham bayrog‘imiz O‘zbekiston ramzi bo‘lib turganligini, shu yurt farzandlari qayerda bo‘lmasin, qanday natijalarga erishmasin Vatan bayrog‘ini ardoqlash kerakligini aytib o‘tdi.
Tadbir so‘ngida yig‘ilish ishtirokchilari o‘rtasida qizg‘in suhbat bo‘lib o‘tdi.
Axborot xizmati