2022- yil 4- noyabr kuni boshqarmada navbatdagi “Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirni boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari M.Yusupov ochib, 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining VI yo‘nalishida Xalqaro maydonda atrof muhitga oid tashabbuslar, shu jumladan Butunjahon ekologiya xartiyasini ishlab chiqish tashabbusini ilgari surilganligini, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida har yili kamida 200 million tup daraxt ekishligini, kuni kecha bizning boshqarma ham ushbu loyiha asosida Yangi Andijon massivida xashar tashkil etilganligini ta’kidlab o‘tdi. So‘ng Ma’naviy va ma’rifiy ishlar mas’ul xodimi J.Tuxtabayeva so‘z olib, keyingi yillarda mamlakatimizda atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik muammolarni bartaraf etish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanayotganligini, sohada ulkan islohotlar amalga oshirilayotganligini aytib o‘tdi.
Tadbir so‘ngida yig‘ilish ishtirokchilari o‘rtasida mavjud ekologik muammolarni bartaraf etishda “Yashil makon” va “Yashil iqtisodiyot” loyohalari asosida qilinayotgan ishlar borasida qizg‘in munozara va suhbatlar bo‘lib o‘tdi.