04/11/2022

2022- yilning yanvar-sentyabr oylarida yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarining umumiy hajmi 118,5 trln.soʻmni yoki 2021- yilning mos davriga nisbatan 104,1 % ni tashkil etdi. Yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 49,3 % ni tashkil qildi.

Mazkur davrda barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 1 974,8 ming tonna – goʻsht (tirik vaznda), 8 293,1 ming tonna – sut, 5 937,6 mln. dona – tuxum, 24,2 ming tonna – pilla xom-ashyosi yetishtirildi.

 

 

Axborot xizmati