03/11/2022

2022- yil oktabr oyi yakuni oyi bo‘yicha quydagi davlat statistika hisobotlarini xato va kamchiliklarsiz belgilangan muddatdan kechiktirmay stat.hisobot.uz sayti orqali eStat -4.0 dasturidan foydalangan holda elektron shaklda taqdim etishingizni so‘raymiz:

 

  1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statiska qo‘mitasining 2021- yil 11- oktabrdagi 10-mb son qaroriga 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqaruvchilarning sanoat mahsulotlari to‘g‘risida”gi” “12-narx (sanoat) shakli” oylik hisobotini 20- iyun sanasidan kechiktirmay.

 

  1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statiska qo‘mitasining 2021- yil 11- oktabrdagi 10-mb son qaroriga 109- son ilovasi bilan tasdiqlangan “Tashkilot va faoliyati to‘g‘risida”gi “12-korxona shakli” oylik hisobotini 5- iyun sanasidan kechiktirmay.

 

  1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statiska qo‘mitasining 2021- yil 11- oktabrdagi 10-mb son qaroriga 105-ilovasi bilan tasdiqlangan “Tashkilotning moliyaviy ahvoli to‘g‘risida”gi” “12-moliya shakli” oylik hisobotini 18- iyun sanasidan kechiktirmay.

 

Shuningdek, mansabdor shaxslarning davlat statistika kuzatuvini olib borish uchun zarur bo‘lgan hisobot va boshqa ma‘lumotlarni taqdim etmaslikda ifodalangan davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzishi, hisobot ma‘lumotlarini buzib ko‘rsatishi yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzishi O‘zbekiston Respublikasi Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining
215- moddasida belgilangan javobgarlikka sabab bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantiramiz.

Murojaat uchun telefon raqamlari: (74) 228-29-77, 224-82-48

 

Axborot xizmati