2022- yil 26- avgust kuni boshqarmada navbatdagi “Qatag‘on qurbonlari — Vatan fidoyilari” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirni boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari M.Yusupov ochib, mustaqillik kuni arafasida 31-avgust Qatag‘on qurbonlari xotirasi kuni sifatida nishonlanib kelinishini, shu munosabat bilan Toshkent shahri Yunusobod tumanida tashkil etilgan “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi hududida ozodlik va mustaqillik uchun kurashgan va o‘z jonini ayamagan fidoyilar xotirasini yod etish maqsadida muzey ochilganligini ta’kidlab o‘tdi.
So‘ng Ma’naviy va ma’rifiy ishlar mas’ul xodimi J.To‘xtabayeva so‘z olib, andijonlik ma’rifatparvar shoir Abdulhamid Cho‘lpon ijodi va xayoti haqida ma’ruza qildi.
Tadbir so‘ngida yig‘ilish ishtirokchilari o‘rtasida Qatag‘on qurbonlarini yod etish va ularnig xayoti haqida qizg‘in suhbat bo‘lib o‘tdi.
Axborot xizmati