23/08/2022

 2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyatida YAHM hajmi joriy narxlarda 22 843,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-iyuni bilan taqqoslaganda 8,4 % ga o‘sdi.

 Quyidagi asosiy tarmoqlarda ijobiy o‘sish kuzatildi: qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 102,6 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 35,7 %), sanoatda 122,5 % (25,2 %), qurilishda 105,5 % (6,2 %) va xizmatlar sohasida 105,8 % (32,9 %). Aholi jon boshiga hisoblangan YAHM 6 988,4 ming so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-iyuniga nisbatan 6,2 % ga o‘sdi.

 

 

 

Axborot xizmati