22/08/2022

 Andijon viloyati Statistika boshqarmasi va Xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda   2022-2023 – o‘quv yillari boshiga xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli umumta’lim muassasalari tomonidan 1- umumta’lim shakli (yillik) davlat statistika hisobotini sifatli va o‘z muddatidan kechiktirmay topshirish maqsadida o‘quv seminari o‘tkazildi.

 

 

 

 

 Seminarda  Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshilig’ining o‘rinbosari M.Yusupov va Ijtimoiy soha statistikasi bo'limi bosh mutaxassisi Z.Vahobovlar hamda Viloyat xalq ta’limi boshqarmasidan D.Tojiboyev so‘zga chiqib,  tuman va  shahar    xalq ta’limi bo’limi mas’ul xodimlariga davlat statistika hisobotini tuzish va taqdim qilish tartibi yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berishdi.  Seminar so‘ngida qatnashchilar   tomonidan berilgan savollarga mutaxxasislar  tomonidan   javob berildi.

 

 

Axborot xizmati