2022- yil 19- avgust kuni boshqarmada navbatdagi “Mustaqillik – eng ulug‘ ne'mat” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirni boshqarma boshlig‘i N.G‘. To’xtaboyev ochib, mamlakatimiz mutaqilligining 31-yilligini nishonlash arafasida, o‘tgan davr mobaynida bosib o‘tilgan murakkab yo‘limizga yana bir bor nazar tashlash, mustaqilmiz davomida amalga oshirilgan ishlar, erishgan natijalarni xolisona baholash va ularning mohiyati va ahamiyatini keng jamoachilik bilan birga boshqarma xodimlari ongi shuuriga yetkazish maqsadga muvofiqligini ta’kidlab o‘tdi.
So‘ng Ma’naviy va ma’rifiy ishlar mas’ul xodimi J.To‘xtabayeva so‘z olib “Mustaqillik – eng ulug‘ ne'mat!” O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish, “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘tkazishni gapirib o‘tdi.
Tadbir so‘ngida yig‘ilish ishtirokchilari o‘rtasida bilan mamlakatimiz mutaqillik davomida erishilgan yutuqlari haqida qizg‘in suhbat bo‘lib o‘tdi.
Axborot xizmati