22/07/2022

2022- yil 22- iyul kuni boshqarmada navbatdagi “Korruptsiyaga qarshi kurashish – barchamizning burchimiz” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi.

 

 Tadbirni boshqarma boshlig‘i N.G‘. To’xtaboyev ochib, bugungi davrda korruptsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biri ekanligini, korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish muhimligini alohida ta’kidlab o‘tdi.  So‘ng Ma’naviy va ma’rifiy ishlar mas’ul xodimi J.To‘xtabayeva so‘z olib  Korruptsiyaga qarshi kurashish – barchamizning burchimizmavzusida chiqish qildi. Korruptsiya va poraxo‘rlik jamiyat barqarorligining muhim asosi bo‘lgan adolatning yo‘qolishiga olib kelishini, mamlakatimiz mustahkamligi, xalqimiz farovonligi, yurtning rivoji va gullab yashnashini, obod bo‘lishini istagan har bir fuqaro pora olish va berish illatidan xalos bo‘lishi uchun barcha birdek kurashishi kerekligini gapirib o‘tdi.

 

 

 

Tadbir so‘ngida yig‘ilish ishtirokchilari o‘rtasida halol mehnatga oid hadislar hamda hikmatli so‘lar bilan qizg‘in suhbat bo‘lib o‘tdi.

 

Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo'yicha  mas’ul xodim

J.To‘xtabayeva