Hammamizga ma’lum, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabr kuni “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 173-sonli Farmoni qabul qilindi. Farmonga ko‘ra, mamlakatimizda ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirlari 2026-yil 15- yanvardan 28- fevralga qadar o‘tkazilishi belgilangan.


Chunonchi, joriy yilning 8-oktabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasida Andijon shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi A. Xasanovlar birgalikda Andijon shahridagi “Sog'lom avlod” MFYda bo‘lib, mahalla xaritasini qayta ko‘rib chiqish, mahalla aholisini mazkur tadbirda faol ishtirokini hamda beriladigan ma’lumotlar shaffof va haqqoniyligini ta’minlash borasida hamkorlikda ishlarni amalga oshirish haqida kelishib oldilar.




