Andijon viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-avgust oylarida Andijon tumanida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1 282,9 mlrd so‘mni tashkil qildi.
Bu koʻrsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda o'sish sur'ati 118,0 % ni tashkil etdi.
Aholi jon boshiga koʻrsatilgan xizmatlarining oʻrtacha hajmi 4 362,2 ming soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 15,4 % ga oshgan.





