08/10/2025

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Andijon viloyatida 2025-yilning yanvar-avgust oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 8 427,0 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 7,9 % ga oʻsdi.

 Kichik biznes subyektlarining ulgurji savdo aylanmasidagi ulushi statistik hisoblarga qaraganda 8 012,3 mlrd. soʻmni tashkil qilib, 2024-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati
108,9 % ga to‘g‘ri keldi.


 Ulgurji savdo hajmi dinamikasi (mlrd. soʻm):

2023-yil – 3 926,4

2024-yil – 7 373,9

2025-yil – 8 427,0