19/09/2025

Viloyat statistika boshqarmasining 2025 yil 28 avgustda tasdiqlangan rivojlantirish strategiyasida belgilangan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 19-sentyabr kuni viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari M.Yusupov, boshqarmaning tegishli bo‘lim boshliqlari va yangi ishga qabul qilingan xodimlar Andijon shahridagi “Andijon mexanika zavodi” AJ ga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida boshqarmaga yangi ishga qabul qilingan xodimlar korxonaning temiryo‘l lokomotivlari va harakatdagi sostavlar ishlab chiqarish jarayonlari, texnologik qurilmalari, xususiyatlari, mahsulotlar turi va sifati, shuningdek statistika hisobotlaridagi birlamchi buxgalteriya ma’lumotlarining shakllanishi bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil ma’lumotlar oldilar.