Joriy yilning 17-sentyabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasida Andijon davlat texnika instituti talabalari ishtirokida “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, yoshlarning kasblar va mutaxassisliklarni egallashga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash uchun keng imkoniyatlar yaratish hamda professional ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish bo'yicha davra suhbati tashkil etildi.


Yg'ilish avvalida, Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari M. Yusupov hamda sohaga oid qator yo‘nalishlar bo‘yicha mas’ul mutaxassislar talabalarga ma’lumotlar taqdim etdilar.

Uchrashuvda boshqarma boshlig‘i o'rinbosari M.Yusupov bitiruvchi bosqich talabalari bilan samimiy muloqot qildi, xususan, boshqarma faoliyati, mavjud imkoniyatlar, yaratiladigan ish o‘rinlari, ishga joylashish tartibi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib o'tdi. Tadbir davomida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga masʼullardan javob oldilar.

Tadbir so'ngida ishtirokchilar fikr mulohazalari va takliflari tinglandi va talabalar tomonidan qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.



