O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirlari 2026- yil 15- yanvardan 28 fevralga qadar o‘tkaziladi. Uning dastlabki 17 kuni internet orqali, keyingi bir oy mobaynida esa “mahalla yettiligi” ishtirokida uyma-uy yurib amalga oshirilishi belgilanmoqda.
Ro‘yxatga olish natijasida 38 million aholining tarkibi va migratsiyasi, oilaviy holati, faoliyat turi, daromad manbalari to‘g‘risida yagona ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.
Mamlakatimizdagi qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish holati, chorva mollari va parrandalar soni aniqlanadi.
Ro‘yxatga olish jarayonlarini samarali amalga oshirish uchun “mahalla yettiligi” maxsus o‘quv dasturi asosida tayyorlanadi va rag‘batlantiriladi.
Umuman, mazkur tadbirlar aholi va qishloq xo‘jaligining real ko‘rsatkichlarini aniq belgilash, davlat dasturlarini maqsadli hamda samarali amalga oshirish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.




