Andijon viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-avgust holatiga viloyatimizda 1 215 ta oilaviy korxona faoliyat yuritmoqda.
Ularning soni yil boshidan buyon 74 taga oshgan.
Tarmoqlar kesimida tahlil qilinganda, eng yuqori ulushi sanoat sohasiga (37 foiz) to‘g‘ri kelmoqda.
Ularning sohalar kesimidagi soni quyidagicha:
sanoat sohasida – 447 ta
savdo sohasida – 333 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 174 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 108 ta
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish – 39 ta
tashish va saqlash sohasida – 26 ta
qurilish sohasida – 10 ta
axborot va aloqa sohasida – 6 ta
boshqa sohalarda – 72 ta




