10/09/2025

Andijon viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yil 1- avgust holatiga ulgurji savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 2 760 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 31 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 2 729 tani tashkil qildi.

Viloyat bo‘yicha 2025- yilning yanvar- iyul oyilarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 7 152,9 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,7 % ga o‘sdi.