27/08/2025

2025-yilning yanvar-iyul oylarida Andijon viloyatining sanoat ishlab chiqarish hajmi 54,9 trln soʻmni tashkil qildi.

Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush qayta ishlash sanoati hissasiga toʻgʻri kelib, 53,1 trln soʻmni, jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi (96,6 %) ni tashkil etdi.

Shuningdek, koʻrilayotgan davrda:

togʻ-kon sanoati va ochiq konlarni ishlashda - 991,0 mlrd soʻm (1,8 %),
elektr gaz bugʻ bilan taʼminlash va havoni konditsiyalashda - 744,3 mlrd soʻm (1,4 %),
suv bilan taʼminlash,kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yigʻish va utilizatsiya qilishda - 118,3 mlrd soʻmlik (0,2 %) mahsulot ishlab chiqarildi.