25/08/2025

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Andijon viloyatida 2025 yilning yanvar-iyul oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 27 703,4 mlrd so‘mga yetgan.

Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 5 621,6 mlrd so‘mga yoki 14,3 % ga oshgan.

2025 yilning yanvar-iyul oylarida aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 8,0 mln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,2 % ga oshgan.