22/08/2025

Joriy yilning 22-avgust kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M. Yusupov Jalaquduq tumanida bo‘lib, bozor xizmatlari ko‘rsatuvchi Yatt va o‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarda o‘tkazilayotgan tanlanma kuzatuv jarayoni bilan tanishdi.

Kuzatuv jarayonida xizmat ko‘rsatuvchi subyektlar tomonidan taqdim etilayotgan kuzatuv ma’lumotlari tuman statistika bo‘limi mas’ul xodimi tomonidan planshet qurilmasiga o‘z vaqtida va xatoliklarsiz, shaffof tarzda kiritilishi o‘rganildi.

Tanlanma kuzatuvlar aholiga ko‘rsatilayotgan bozor xizmatlarining holatini aniqlash va ushbu yo‘nalishdagi statistik ko‘rsatkichlarni takomillashtirishga xizmat qiladi.