19/08/2025

Joriy yilning 15-avgust kuni viloyat statistika boshqarmasi Kasaba uyushmasi tomonidan boshqarma xodimlari uchun viloyat musiqali drama teatriga sayohat tashkil etildi.

Teatr sintez sanʼati boʻlib, jamiyat hayotida, tomoshabinlarning maʼnaviy va estetik tarbiyasida muhim oʻrin tutadi. Ushbu tashabbuslar xodimlarning sogʻligini mustahkamlash hamda ish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Bunday tadbirlar statistika boshqarmasi tizimidagi ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralarining muhim yoʻnalishlaridan biri boʻlib, jamoaviy hamjihatlik va oʻzaro hamkorlikni mustahkamlashga zamin yaratadi.

 

 

 

Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbiri boshlanishiga:

00
Kun
00
Soat
00
Daqiqa
00
Soniya