Mahalliy hokimliklarning aholini ro‘yxatga olish sohasidagi vakolatlari Barchamizga ma’lum O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi. Mazkur tadbirga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida mamlakatimizning barcha hududlarida targ‘ibot va tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi qonunining mazmun va mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirishda shahar va tuman hokimliklarining o‘rni kattadir.
Shahar va tuman hokimliklarini aholini ro‘yxatga olish sohasidagi vakolatlari nimalardan iborat?
Mazkur qonunning 16-moddasiga asosan mahalliy davlat hokimiyati organlari aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha hududiy komissiyalarni tuzishi, ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini hisobga olgan holda aholi punktlarida doimiy yashovchi aholi sonini ko‘rsatgan holda ushbu punktlarning to‘liq ro‘yxati tuzilishi, ma’muriy-hududiy birliklarda ko‘chalarning nomlari, uylar va xonadonlarning raqamlari ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar bo‘lishini ta’minlashi, jalb etilgan ro‘yxatga oluvchi xodimlar tarkibini tasdiqlashi, ro‘yxatga oluvchi xodimlarni tanlab olish va o‘qitishni tashkil etish, aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish doirasidagi ishlarni bajarishga jalb etiladigan shaxslarning o‘qishi va ishlashi uchun yaroqli mebel hamda aloqa vositalari bilan jihozlangan vaqtinchalik xonalar, shuningdek zarur transport vositalari berilishini ta’minlash, ro‘yxatga olish varaqlarini va boshqa ro‘yxatga olish hujjatlarini vaqtincha saqlash uchun qo‘riqlanadigan xonalar ajratish yuzasidan choralar ko‘rish, aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlarning muvofiqlashtirilishini tashkil etishi kabi vakolatlariga egadir.




