Joriy yilning 18-iyul kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida huquqiy ta’lim bo‘yicha o‘quv soati tashkil etildi. Tadbirda boshqarma bosh yuriskonsulti S.To'xtasinov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.07.2025-yildagi “Soliq nizolarini sudgacha hal qilish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-223-son Qarorining mazmun–mohiyatini tushuntirish bo'yicha ma’ruza qildi.
Qarorga asosan, Savdo-sanoat palatasi huzurida soliq, iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy jihatdan tartibga solish sohasidagi mutaxassislardan iborat Soliq nizolari bo‘yicha ekspert kengashi tashkil etiladi. Uni tashkil etishdan maqsad - tadbirkorlik sub’ektlari va soliq organlari o‘rtasidagi nizolarni hal etish bilan bog‘liq vaqt va xarajatlarni qisqartirish.