Joriy yilning 20-iyun kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M. Yusupov ochib berdi. Yig‘ilishda Inson resurslarini boshqarish bosh mutaxassisi M. O‘rinboyev kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 19-may kungi “Aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1066-son va O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 9-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1067-son Qonunlarining mazmun-mohiyatini va ahamiyati yuzasidan ma’ruza qildi.
Qonunlarga ko‘ra, fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga yoshga doir pensiya olish huquqini beradigan yoshga to‘lgan fuqarolarga ularning murojaatini talab etmagan holda fuqarolarning shunday tartibda tayinlangan pensiyani rad etish huquqini nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilganligi, shuningdek aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga barcha turdagi nafaqalarni tayinlash va to‘lash vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga o‘tkazilganligi munosabati bilan «Davlat boji to‘g‘risida»gi hamda «Aholi bandligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi haqida so‘z yuritildi.