18/06/2025

     Uy xo‘jaliklarida kuzatuv o‘tkazish uslubiyoti Jahon Banki va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa Iqtisodiy Komissiyasining tavsiyalariga asoslangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida o‘tkaziladi. Xususan, joriy yilning 18- iyun kuni boshqarmaning Aholi turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi mutaxassisi Z. Xoldarova tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Buloqboshi tumaniga qarashli “qumguzar” MFYda istiqomat qiluvchi P. Abduqayumovlar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnoma natijalaridan aholining turmush darajasi, ta’lim, atrof-muhit, sog‘liqni saqlash, kambag‘allik ko‘rsatkichlarini, iste’mol narxlari indeksini hisoblash hamda boshqa statistika hisob-kitoblarda foydalanilanish ko‘zda tutilganligi haqida respondentga tushuntirildi. Kuzatuvdan olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.